2020 yilda 78 ming gektardan ziyod yer qonunga xilof ajratilgan – Norboyeva

Jamiyat

image
“Seliy bozor-a” – Jizzax hokimining sobiq o‘rinbosari o‘margan pullarini nimaga sarflagani aytildi north_east

“Seliy bozor-a” – Jizzax hokimining sobiq o‘rinbosari o‘margan pullarini nimaga sarflagani aytildi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva yuqori palataning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida 2020 yilda aniqlangan yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Raisga ko‘ra, o‘tgan yilda 78 ming gektardan ziyod yer qonunga xilof tarzda ajratilgan.

Tanzila Norboyeva o‘tgan yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani, narxlarni sun’iy oshirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish holatlari aniqlangani tashvishli holdir.

“Korrupsiyaga qo‘l urgan mansabdor shaxslar soni ko‘payib borayotgani (2019 y. – 1 339 nafar, 2020 y. – 1 723 nafar) mazkur illatga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishni taqozo etadi”, dedi Norboyeva.

Tahlillarga ko‘ra:

•    Qurilish sohasidagi 44 ta qonun hujjati ekspertizadan o‘tkazilganda, ularning yarmida (23 tasida) 124 ta;

•    Sog‘liqni saqlash sohasidagi 70 ta qonun hujjatining 19 foizida (13 tasida) 41 ta;

•    Ta’lim sohasidagi 96 ta qonun hujjatining 18 foizida (17 tasida) 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

“Shulardan kelib chiqib, prokuratura mazkur yo‘nalishdagi ishlarda ta’sirchan va qat’iy choralar qo‘llashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga aniq takliflar kiritishi zarur.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida joylardagi mutasaddilar mas’uliyatni to‘la xis qilmayapti. 5 200 dan ziyod tadbirkor huquqlari buzilgan. Tadbirkorolar manfaatlariga zid keluvchi 350 dan ziyod noqonuniy hujjat chiqarilgan. 24 mingga yaqin tadbirkorning turli yo‘nalishlardagi (kredit, yer, bino, kommunikatsiya, litsenziya) muammolari faqatgina prokuratura organlarining aralushuvidan keyin hal qilingan”, deydi Norboyeva.

Uning qayd etishicha, qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanishga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi oqibatida 10 ming gektardan ziyod yer o‘zboshimchalik bilan egallangan. Qariyb 14 ming gektar yerdan maqsadsiz foydalanilgan. Minglab tonna urug‘lik, mineral o‘g‘it, neft mahsulotlari va boshqa resurslar noqonuniy egallangan.

2019 yilda irrigatsiya, melioratsiya tadbirlari uchun ajratilgan 1,7 mlrd so‘m mablag‘ talon-taroj qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilda bunday talon-tarojliklar qariyb o‘n barobarga oshib, 16 mlrd so‘mni tashkil etgan. Mazkur yo‘nalishda 2019 yilda 92 ta jinoyat aniqlangan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu raqam qariyb to‘rt barobarga oshib, 359 tani tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing