2020 yil qancha abituriyent OTMga kirish uchun hujjat topshirishi mumkinligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilda Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 1 million 270 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, "Oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da belgilanganidek, joriy yil 25 foizdan ortiq bitiruvchini oliy ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Behzod Musayev ma’lum qilishicha, joriy yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. O‘tgan yili esa abituriyentlar soni 1 million 76 ming edi.

Shuningdek, taxminan 700 ming atrofida maktabni oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar hujjat topshirishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Avvalroq, OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishinecha smenada bo‘lishi va fanlar uchun beriladi ballar qay tarzda taqsimlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM abiturient Oliy ta'lim Imtihon

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing