BMT bosh kotibi barcha davlatlarga yadroviy kuchayish bo‘yicha murojaat qildi
Olam
−
24 iyun 2019
6144BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Fors ko‘rfazida yuz berayotgan siyosiy taranglik holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
BMT rahbari Eronlik harbiylar tomonidan AQSHning uchuvchisiz harakatlanadigan harbiy razvedka dronini urib tushirilishi ortidan kelib chiqqan muammolar tezlik bilan bartaraf etilmasa, Fors ko‘rfazida katta notinchliklar kelib chiqishidan butun dununyoni ogohlantirdi.
“Barcha davlatlar bu holatdan ya’ni yadro quroli bilan kuchayishdan maksimal darajada cheklanishlari kerak. Har qanday holatdagi kuchayishdan mutlaqo qochish kerak. Butun dunyo birlashib Fors ko‘rfazi mintaqasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan katta mojorolarga yo‘l qo‘yib bermasligi kerak”, deb aytib o‘tdi Guterrish.
Xabaringiz bor, joriy yilning 20 iyun kuni rasmiy Tehron AQSH fuqarolik aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan razvedka droni Eron havo sarhadlarini buzib kirganligi uchun urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan edi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 23 iyun kuni Oq uy tashqarisida jurnalistlar bilan uchrashuvda: “Biz Eron Islom Respublikasining yadro quroliga ega bo‘lishiga rozilik berolmaymiz. Agar ular bunga ko‘nsa, eng boy davlatga aylanadi va men ularning eng yaqin do‘stiga aylanaman”, deb aytib o‘tgan edi.
LiveBarchasi