200 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2020
9267Kecha, 15 oktyabr kuni 231 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ishlash uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasi “Gazprom” kompaniyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi qator qurilishlarda ishlash uchun 231 nafar fuqaro Navoiy xalqaro aeroportidan charter reys orqali jo‘nab ketgan.
Ta’kidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchi koronavirus bilan kasallansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi belgilangan.
LiveBarchasi