20 yoshli ekofaol Greta Tunberg doktorlik unvoni oldi

Bu qiziq

image

Shvetsiyalik mashhur ekofaol 20 yoshli Greta Tunberg Finlandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va dunyoning boshqa 28 arbobi bilan bir qatorda Xelsinki universitetida faxriy doktor unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda universitet ma’muriyati xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, Tunberg ilohiyot fakultetining faxriy doktori unvonini olgan. 

Universitet professori Martti Nissinenning tushuntirishicha, fakultet a’zolari inson huquqlari va yer yuzi holati to‘g‘risida o‘z qarashlarini kengaytirishni xohlashgan. 

"Gretani faxriy doktor sifatida tanlash evaziga biz u kabi jasur bo‘lishni xohlayotganimizni bildiryapmiz", deydi Nissinen.

Prezident Niinistyo esa falsafa fakultetining faxriy doktori unvonini olgan. An’anaga ko‘ra, universitetning bitiruv marosimlarida faxriy doktorlik unvonlari topshiriladi. 

Xelsinki universiteti 40 000 dan ortiq talabalar va xodimlardan iborat xalqaro hamjamiyat hisoblanadi. Universitet 1640 yilda tashkil topgan. Joriy yilda dunyoning turli burchaklaridan jami 30 nafar e’tiborga loyiq insonlar universitetning faxriy doktori unvoniga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Greta Tunberg Germaniyaning Lutserat qishlog‘i buzilishiga qarshi norozilik namoyishi paytida politsiya tomonidan hibsga olingan edi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Greta Tunberg Finlandiya doktorlik unvoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing