Greta Tunberg Isroildan deportatsiya qilindi
Olam
−
06 Oktabr 2025 6199 3 daqiqa
Shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg bugun, 6 oktyabr kuni turli millatga mansub 70 dan ortiq hibsga olinganlar bilan Isroildan deportatsiya qilindi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Ular G‘azoga yo‘l olgan “Global Sumud Flotilla” gumanitar yordam bortida hibsga olingan edi.
Hibsdan ozod qilinganlar Gretsiya va Slovakiyaga jo‘natiladi va u yerdan uylariga uchib ketishi mumkin. Qolganlar esa mahalliy qamoqxonada saqlanmoqda, ularning advokatlari sharoitlar nostandart ekanini aytmoqda. Isroil Tashqi ishlar vazirligi ayblovlarni rad etadi va flotiliyaning o‘zini HAMASga bevosita yordam bermoqda, deb hisoblaydi.
Isroilni tark etganlar orasida 28 nafar Fransiya fuqarosi, 27 nafar Gretsiya, 15 nafar italiyalik va to‘qqiz nafar Shvetsiya fuqarosi bor. Ularning barchasi BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ocharchilik boshlangan G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami olib ketayotgan faollar va siyosatchilarni olib ketayotgan 42 ta “Global Sumud” flotida bo‘lgan. Isroil genotsid ayblovlarini rad etadi.
Deportatsiya qilinganlar 19 davlat, jumladan Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSH fuqarolari. Isroil Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, ularning barcha qonuniy huquqlari to‘liq hurmat qilinadi. Shuningdek, ular deportatsiya qilinganlar tomonidan tarqatilgan yolg‘on xabarlar oldindan rejalashtirilgan soxta yangiliklar kampaniyasining bir qismi ekanini ta’kidlagan.
Jurnalist Karlos de Barronning aytishicha, Isroil qamoqxonasidagi uch kunlik hibsda ushlanganlar haqorat, ruhiy zo‘ravonlik, tajovuz va qo‘rqitishga uchragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik qo‘riqchilar ularga tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortib, “Sizga o‘xshagan odamlar uchun hayvonlar shifokori yo‘q” deb aytgan.
Oldinroq Tunberg G‘azoga yordam flotiliyasi a’zolari bilan birga hibsga olingandan so‘ng Isroil qamoqxonasining shafqatsiz munosabatidan shikoyat qilgandi.
Tunbergning yoniga borgan diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, u “hasharotlar to‘la bo‘lgan kamerada o‘tirgani, juda oz suv va ovqat olgani hamda holdan toyganini” aytgan.
Boshqa flotiliya a’zolarining ta’kidlashicha, harbiylar Gretani bayroqlarni ushlab turishga majburlagan holda suratga olgan va unga qarshi kuch ishlatgan.
“Ular Gretaning sochidan tortib, kaltaklashdi va Isroil bayrog‘ini o‘pishga majbur qilishdi”, degan turkiyalik faol Ersin Chelik “Anadolu” agentligiga.
Xalqaro “Global Sumud” flotiliyasi
Xalqaro “Global Sumud” flotiliyasi o‘nlab kemalardan iborat bo‘lib, bir necha kundirki G‘azo tomon harakat qilmoqda. Uning bortida katta miqdorda insonparvarlik yordami, jumladan dori-darmonlar ham bor. Bu flotiliya – hozirgacha Falastin eksklaviga yo‘l olganlar ichidagi eng yirigi hisoblanadi.
“Sumud” so‘zi arab tilidan “matonat”, “soqovlik” yoki “mustaxkam iroda” deb tarjima qilinadi. 1967 yilgi Olti kunlik urushdan keyin bu atama falastinliklar uchun bosim ostidagi qarshilik va omon qolish strategiyasini ifoda etuvchi asosiy tushunchaga aylangan.
“Sumud” falastinliklarning o‘z yerlarini saqlab qolishini, milliy o‘zligini va madaniyatini asrab-avaylashini hamda zo‘ravonliksiz qarshilik shakllaridan – fuqaroviy itoatsizlik va muqobil institutlar yaratish kabi usullardan foydalanishini anglatadi. Falastin ramzshunosligida “Sumud”ni ifodalash uchun an’anaviy ravishda zaytun daraxti va homilador dehqon ayol kabi obrazlar ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni kechqurun Isroil harbiy-dengiz kuchlari G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun yo‘lga chiqqan “yordam flotiliyasi”ni to‘xtatgandi. Bir nechta kemalar zarar yetkazilmagan holda ushlab qolingan va yo‘lovchilar Isroil portlariga olib borilgan. 3 oktyabr kuni Isroil harbiylari xalqaro “Global Sumud” flotiliyasini hujum orqali to‘xtatib, missiya tarkibidagi oxirgi kemani noqonuniy ravishda egalladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025