20 ta davlat Rossiyaga 1 mlrd doza vaksina buyurtma qilgan

Olam

image

Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaksinasiga 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

Rossiyadagi koronavirusga qarshi ilk vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bor.

Dmitriyevning ma’lum qilishicha, Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina faqatgina ichki talab uchun foydalaniladi. Boshqa buyurtmalar uchun xorijda hamkorlar bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Hozircha hamkor davlatlar bilan yiliga 500 mln doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilyapti.

Eslatib o‘tamiz, vaksina N.F. Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazida tayyorlangan. Bu preparatni “Binnofarm” kompaniyasi ham ishlab chiqaradi.

“Sputnik V” vaksinasining klinik sinovi iyun oyida Sechenov universiteti va Burdenko nomidagi harbiy gospitalda boshlangandi. Ularning har birida 38 nafardan ko‘ngilli qatnashdi. Sinovning uchinchi bosqichida RF Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2 ming ko‘ngilli qatnashadi.

Uchinchi bosqichda vaksina BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlarda ham sinovdan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada va dunyoda koronavirusga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

845

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing