2 oy ichida 4-tennischi O‘zbekiston fuqaroligini oldi
Sport
−
15 dekabr 2025 8808 1 daqiqa
Yana bir rossiyalik tennischi, dunyoning 92-raqamli raketkasi Polina Kudermetova ham O‘zbekiston fuqaroligini oldi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli Polina Kudermetova Uimbldon chempioni Veronika Kudermetovaning singlisi va xokkey bo‘yicha “Ak Bars” bilan Rossiya chempioni Eduard Kudermetovning qizi hisoblanadi.
Avvalroq, joriy yilning noyabr oyida Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva va keyinchalik WTA reytingida 109-o‘rinni egallab turgan professional tennischi Kamilla Rahimova ham O‘zbekiston fuqaroligini olgan edi.
Polina joriy yilning dekabr oyi boshida Fransiyaning Anje shahrida bo‘lib o‘tgan WTA-125 turnirida ishtirok etgan va ikkinchi bosqichda germaniyalik Anna-Lena Fridsamga (193-o‘rin) 3-6, 6-1, 2-6 hisobida yutqazib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqaroligini olgan Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida bo‘lib o‘tgan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28