2 tennischi O‘zbekiston fuqaroligini oldi
Sport
−
07 noyabr 9640 1 daqiqa
Ikki iqtidorli tennischi Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva O‘zbekiston fuqaroligini oldi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu biz uchun katta qadam. Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva kabi sportchilarning paydo bo‘lishi O‘zbekistonda ayollar tennisini rivojlantirishga yangi turtki beradi. Ularning yutuqlari o‘sib kelayotgan avlod uchun ilhom manbaidir”, deydi federatsiyasi rasmiy bayonotida.
18 yoshli tennischi Layma Vladson, ilgari Litva nomidan ishtirok etgan, ITF talqiniga ko‘ra dunyoning eng kuchli 10 nafar yosh qizlari qatoriga kiradi va WTA jahon reytingida 887-o‘rinda turadi. U yoshligidan yuksak natijalar ko‘rsatib, Yevropaning eng istiqbolli sportchilari safida tilga olinadi. Shuningdek, u 2025 yil 9–15 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan W15 professional turnirida yakkalikda g‘olib bo‘lgan.
O‘zbekiston fuqaroligini olgan yana bir tennischi 15 yoshli Aleksandra Barmicheva ITF W15 Tashkent 2025 turnirining eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi. 2010 yil 25 iyulda tug‘ilgan Aleksandra allaqachon xalqaro musobaqalarda ishonchli o‘yin namoyish etib, yuqori salohiyatini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva sport fuqaroligini Rossiyadan O‘zbekistonga o‘zgartirgan edi.
Live
Barchasi