19 yoshli bloger 10 yilga qamaldi 

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida tungi klubda giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingan blogerga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, politsiya maxsus bo‘linmalari va tezkor xodimlari joriy yilning aprel oyida Olmaotaning Medeu tumanida joylashgan barlardan birida maxsus operatsiya o‘tkazgan. Operatsiya shahar prokuraturasi tomonidan “Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” loyihasi doirasida muvofiqlashtirilgan.

“Tungi klublardan birida 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi, uning cho‘ntagidan ko‘k rangli lenta bilan o‘ralgan kukun va och sarg‘ish rangli bo‘laklardan iborat sintetik modda borligi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, bu "mefedron" psixofaol moddasidir. Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan JK 128-moddasiga asosan vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Sudga qadar tergov ishlari Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 297-moddasi 1-qismi bilan olib borilmoqda”, degan o‘sha paytdagi Olmaota politsiya departamentining narkotik jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Yerlan Almagambetov.

Endilikda Olmaota jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi hukmi bilan 19 yoshli bloger Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eronda bukmekerlik kompaniyalarini reklama qilgan bloger Milad Hotamiy o‘lim jazosiga hukm qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bloger Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing