Eronda bukmekerlarni reklama qilgan bloger o‘limga hukm qilindi
Olam
−
28 iyul 2023
11944Eronda bukmekerlik kompaniyalarini reklama qilgan bloger Milad Hotamiy o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Arbat Media” xabar berdi.
Eronda bukmekerlarni reklama qilgan va qimor o‘yinlarida millionlab pul ishlab topganini da’vo qilgan bloger Milad Hotamiyni osib o‘ldirishga hukm qilindi. Hotamiy Turkiyada hibsga olinib, 2021 yilda Interpol talabiga binoan Eronga ekstraditsiya qilingan. Eronda u ikki yil sud qilingan.
Hozirda 959 ming obunachiga ega bo‘lgan blogerning akkaunti bloklangan. Profil sarlavhasida aytilishicha, sahifa faoliyati adliya organlarining buyrug‘i bilan jinoiy tarkib nashr etilgani sababli to‘xtatilgan.
Aybdorlik hukmi chiqarilganidan beri to‘rt oy o‘tgan. Shuning uchun u allaqachon kuchga kirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, bukmeker bu ehtimollik nazariyasi — qimorga oid, shuningdek, yutuqlarni taxmin qilish orqali oldindan kelishilgan koeffitsiyentlar bilan (ko‘pincha sport turlari) bo‘lajak turli tadbirlarga naqd pul garovlarini qabul qilishga asoslangan kasb hisoblanadi. Ko‘pgina bukmekerlarni o‘zida jamlab faoliyat yuritayotgan tashkilotlar esa “bukmekerlik kontoralari” deb ataladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘tayotgan futbol musobaqasida qimorga asoslangan o‘yin reklama qilingandi. Qayd etish joiz, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetdan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.
LiveBarchasi