18 nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo chempionati oltin medali uchun kurashadi

Sport

image

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. 

Musobaqada yarim final bahslari ortda qoldi. 25 yanvar kuni qizlar o‘rtasida, 26 yanvar kuni esa yigitlar o‘rtasida final bellashuvlari o‘tkaziladi. E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasining 18 nafar bokschisi musobaqada oltin medal uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Eng ko‘p final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar (umumiy): 

O‘zbekiston – 18;

Qozog‘iston – 8;

Tailand – 7; 

Mo‘g‘uliston – 5;

Xitoy – 4;

Filippin – 2;

Kambodja, Indoneziya, Nepal, Vetnam – 1 nafardan.

Qizlar o‘rtasida:

O‘zbekiston – 8;

Mo‘g‘uliston, Tailand – 4;

Xitoy, Qozog‘iston – 2;

Nepal, Vetnam – 1.

Yigitlar o‘rtasida: 

O‘zbekiston – 10;

Qozog‘iston – 6;

Tailand – 3;

Xitoy, Filippin – 2;

Kambodja, Indoneziya, Mo‘g‘uliston – 1. 

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati yigitlar o‘rtasida 13 ta, qizlar o‘rtasida esa 11 ta vazn toifasida o‘tkazilmoqda. Bahslarda umumiy hisobda 149 nafar bokschi jang qildi (shulardan 54 nafari qizlar, 95 nafari yigitlar). Musobaqada Osiyoning 20 mamlakatidan bokschilar ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing