17 yashar qiz zilziladan 10 kun o‘tib qutqarib olindi
Olam
−
16 fevral 2023
6249Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida 17 yoshli qiz halokatli zilziladan 248 soat o‘tib qutqarib olindi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari 11 kundirki davom etmoqda.
Aleyna Olmez ismli qiz Qahramonmarash shahrining Kayaboshi mahallasida turar-joy binosi vayronalari ostidan qutqarib olingan. Birinchi tibbiy yordamdan keyin shifokorlar uni shifoxonaga yuborgan.
Qizni qutqarishda qatnashgan Sakaryalik qutqaruvchilardan biri Hajar Atlas “Anadolu” agentligi muxbiri bilan suhbatda guruh a’zolari uzoq va mashaqqatli mehnatdan so‘ng Aleynani qutqarib olganini bildirdi.
“Biz qiz bilan doimo aloqada bo‘lib turdik. Avvaliga uning qo‘lidan ushlab, keyin uni butunlay qutqarishga muvaffaq bo‘ldik. U yaxshi, u muloqot qila oladi. Umid qilamanki, falokat hududidan bunday xushxabar kelishi davom etadi”, deydi Atlas.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral epimarkazi Qahramonmarashda 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) epimarkazi bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
Ayni vaqtda Turkiyadagi zilzilada qurbon bo‘lganlar 36 187 nafarga yetdi. Shuningdek, 108 068 kishi jabrlangan, 216 347 kishi evakuatsiya qilingan.
LiveBarchasi