16 nafar o‘zbekistonlik bokschi xalqaro turnirda g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha “Stranja” an’anaviy turniri janglari o‘tkazilmoqda. 23 fevral kuni 20 nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun jang qildi.

O‘zbek bokschilaridan Odiljon Aslonov, Nodirjon Mirzahmedov, Shahzod Muzaffarov va Temurxon Sobirov raqibiga imkoniyatni boy berib turnir bilan xayrlashdi. 

23 fevral kuni qayd etilgan natijalar:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Djanis Salotskix (EUBC) - 5:0 - g‘alaba;

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Junmilardo Ogayre (Filippin) - 5:0 - g‘alaba;

-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Rik de Nuiyer (Niderlandiya) - 5:0 - g‘alaba;

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Aygun Birol (Turkiya) - 5:0 - g‘alaba;

-92 kg: Madiyor Saidrahimov - Sadam Magomedov (Serbiya) - 4:1 - g‘alaba;

-80 kg: Odiljon Aslonov - Tuoxetayerbiyeke Tanglatian (Xitoy) - 0:5 - mag‘lubiyat;

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Baregam Xarutyunyan (Armaniston) - 5:0 - g‘alaba;

-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Govind Kumar Sahani (Hindiston) - 0:5 - mag‘lubiyat;

-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov  - Karlo Paalam (Filippin) - 5:0 - g‘alaba;

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Artur Xazaryan (Armaniston) - 5:0 - g‘alaba;

-60 kg: Atxamjon Muxiddinov - Murat Yildirim (Germaniya) - 5:0 - g‘alaba;

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Sachin (Hindiston) - 1:4 - mag‘lubiyat;

-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Julifer Baskon (Filippin) - 5:0 - g‘alaba;

-71 kg: Nurislom Ismoilov - Aidan Valsh (Irlandiya) - Raqib jarohat tufayli jangga chiqmadi, Ismoilov keyingi bosqichga yo‘l oldi;

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Loris Idrizi (Kosovo) - 5:0 - g‘alaba;

-67 kg: Bekzod Hamidov - Temirxan Tezek (Qozog‘iston) - 3:2 - g‘alaba;

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Vaxid Abbasov (Serbiya) - 4:1 - g‘alaba;

-86 kg: Temurxon Sobirov - Tomas Niyedzviyetski (Polsha) – mag‘lubiyat. Sobirov jarohat sabab jangni davom ettira olmadi;

+92 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) - Raqib jangda ishtirok etishdan bosh tortdi. Jalolov keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Bekzat Tangatar (Qozog‘iston) - 5:0 - g‘alaba;

+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Kamshibek Ko‘nkabayevga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi, ammo Ko‘nkabayev noma’lum sabablarga ko‘ra ringga chiqmadi va unga texnik mag‘lubiyat yozildi. 

Umumiy hisobda kechagi bahslarda 16 nafar O‘zbekiston vakili turnirdagi g‘alabali yurishini davom ettirdi. Bugun, 24 fevral kuni yana 10 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari navbatdagi jangini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shunqor Abdurasulov Saidjamshid Jafarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing