Bugun qabul yakunlanadi. Ulgurmagan abituriyentlar nima qiladi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish jaraayoni kechmoqda.

O‘zbekistonda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli uchun hujjatlarni qabul qilish (ro‘yxatdan o‘tkazish) shu yilning 15 iyul sanasida yakunlanadi. Shu bilan birga OTMlardagi qabul komissiyalari oxirgi abituriyent ro‘yxatdan o‘tgunga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan ijtimoiy tarmoqlardagi turli norasmiy manbalarda tarqatilayotgan hujjat qabul qilish to‘xtatilgani, muddati uzaytirilgani va boshqa shu kabi asossiz xabarlarga ishonmasligini so‘raymiz, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining O‘zAga bergan ma’lumotida.

2019/2020 o‘quv yili qabuli bilan bog‘liq har qanday yangilik vazirlikning veb-sayti (www.edu.uz), telegram tarmog‘idagi rasmiy kanali (@eduuz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jamoatchilikka ma’lum qilib boriladi.

Oldinroq, 2019 yil oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda 5 ta OTMga (TDYUU, FarDU, QDU, SamDU, GulDU) Davlat xizmatlari markazlari orqali xujjat topshirish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, bu yil Davlat test markazi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoniga ko‘pgina o‘zgartirishlar kiritilgan.

Shu sababdan ayrim OTMlarga hujjat topshirish jarayonida abituriyentlarning uzundan-uzun navbatlari yuzaga kelgan. Bunday holatning kelib chiqishiga DTMning hujjat qabul qilishdagi onlayn tizimida kelib chiqqan nosozliklar sabab bo‘lmoqda. Huddi shunday holat Samarqand davlat universitetida ham kuzatildi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyul kuni abituriyentlar orasida yosh bo‘yicha rekord yangilangan edi. Surxondaryo viloyatida hozirgacha hujjat topshirganlar orasida eng yoshi keksa abituriyent ro‘yxatga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM abiturient DTM qabul jarayoni

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing