14 yoshli qizning ota-onasi tomonidan kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Bugun, 19 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda ota-ona qizini kaltaklayotgani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryoning Koson tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda bir nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan. 

Ma’lumot uchun, voqea 16 aprel kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni 11:30 larda tumanning Qorabayir mahallasida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan qiz ota-onasi tomonidan kaltaklangan. Holat qizning amakisi tomonidan tasvirga tushirilib, IIOga xabar berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, qizning otasi tekshirish uchun ruhiy kasalliklar dispanseriga yuborilgandi. Qizga nisbatan esa yetkazilgan tan jarohatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Koson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing