14 sentyabrdan onlayn darslarga start beriladi – XTV

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida 2020/2021 o‘quv yili boshlanadi. Bunda onlayn maktab orqali barcha sinflarning darslari berib borilishi yo‘lga qo‘yilsa, an’anaviy shakldagi maktablar bosqichma-bosqich vaziyatga qarab faoliyatini tiklaydi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda. 

Maktablarning an’anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yohud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilishi hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi. 

“Respublikamizdagi barcha maktablar yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan kelib chiqib bosqichma-bosqich ochilishi ko‘zda tutilgan.  An’anaviy shaklda faoliyatini boshlagan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumot, doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlar orqali viloyat va tuman xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan e’lon qilib boriladi”, deyladi XTV xabarida. 

Qayd etilishicha, an’anaviy shaklda faoliyatini tiklagan maktablarning o‘quvchilari maktabga borishi yoki uyda qolib ta’lim olishi faqatgina ota-onalar tomonidan belgilanishi zarur. Maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarni an’anaviy shaklga jalb qilish va ota-onaga bosim o‘tkazish taqiqlangan. 

Xalq ta’limi vazirligi farzandini maktabga yubormagan ota-onalardan bolalarning masofaviy ta’lim olishini nazorat qilishlarini so‘ramoqda. 

Televizion darslar joriy yilning 14 sentyabridan boshlab  O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 3 ta telekanalida dushanbadan shanbagacha har kuni soat 8:30 dan boshlab Online-maktab turkumida namoyish etib boriladi.

Online-maktab darslari “UzDigital TV” tarmog‘ida quyidagi telekanalar orqali efirga uzatiladi:

1-4 sinf o‘quvchilari uchun — National Geographic
5-8 sinf o‘quvchilari uchun — Eurosport
9-11 sinf o‘quvchilari uchun — Oxota i ribalka.

Kabel televideniyesi va IP TV tarmoqlarida: 

1-4 sinf o‘quvchilari uchun — National Geographic
5-8 sinf o‘quvchilari uchun — “TVS”
9-11 sinf o‘quvchilari uchun — “Fashion TV”.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing