13 yashar qizni zo‘rlagan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi

3-sahifa

image
Ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlagani aytilmoqda north_east

Ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlagani aytilmoqda

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan ichki ishlar xodimi 15 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bugun, 25 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudida (1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika inspektori bo‘lib ishlagan) M. J.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining sudyasi J. Xo‘jayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq holda ko‘rib chiqilgan.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq M. J. voyaga yetmagan Z. D.ga (2010 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deydi Oliy Sud matbuot kotibi.

Bundan tashqari, sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasi (jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) tartibida M. J.ga o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish uchun shart–sharoit yaratib bergan Sh. A., M. Z. va F. M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini xal qilish uchun Bo‘stonliq tumani prokuroriga xabar yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudida 13 yoshli qizni zo‘rlangan Milliy gvardiya sobiq xodimi ustidan sud hukmi o‘qilib, unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq ichki ishlar xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing