Ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlagani aytilmoqda
3-sahifa
−
06 iyul 2023
31656Toshkent viloyatida Ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Nemolchi” loyihasiga ma’lumot kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, ushbu holat shu yili may oyining oxirida sodir bo‘lgan. 13 yoshli qiz dugonasi bilan ko‘chada ketayotgan bo‘lgan. Ularning qo‘shnisi qizlarni mashinaga o‘tirib, sayr qilib kelishni taklif qilgan. Qiz qo‘shnini yaxshi tanigani uchun mashinaga o‘tirgan.
Shundan so‘ng, qo‘shni erkak o‘smir qizlarni ijaraga olingan “dacha”ga olib ketgan va qizni zo‘rlagan. Qizlar yana mahallaga olib kelib tashlab ketilgan.
Qayd etilishicha, bir hafta davomida qiz o‘zini yaqinlaridan uzoq tutgan va onasi keyinchalik bu ishdan xabar topgan. Qizning onasi darhol Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Bir hafta o‘tgach, tekshiruv tayinlangan, ammo natijalar juda uzoq vaqt davomida e’lon qilinmagan.
Holat yuzasidan qizlarni olib ketayotganini ko‘rgan guvohlar, shuningdek, “dacha” egasi ko‘rsatma bergan. Gumonlanuvchining shaxsi jabrlanuvchi tomonidan aniqlangan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, u Yashnobod tumani IIB xodimi bo‘lib chiqqan. Shundan so‘ng, erkak ishdan bo‘shatilgan.
Onaning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi va uning yaqinlariga erkak tomonidan tahdidlar, do‘q-po‘pisalar qilingan. Ayol tahdidlar fakti haqida ham ariza yozgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) bilan ish ochilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, u 15 yildan 20 yilgacha qamalishi mumkin.
LiveBarchasi