+111. Ikki hududda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 nafarga oshib, 12513 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 34 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida), 15 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 7723 (+193) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

599

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing