11 yashar qiz qo‘lida planshet portlashi oqibatida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Ukrainaning Xarkov viloyatida 11 yoshli qiz qo‘lida planshet portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati politsiyasiga tayanib, RBK-Ukraina xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 avgust kuni soat 01:05 lar atrofida politsiyaga Bogoduxovsk tumanida 11 yoshli qiz vafot etgani haqida xabar berilgan. Unga asosan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi darhol manzilga yetib borgan. 

Aniqlik kiritilishicha, Pavlivka qishlog‘ida sodir bo‘lgan mazkur voqeaga elektr tokiga ulangan planshetning portlab ketgani sabab bo‘lgan. 

“Dastlab, qiz zaryad olayotgan planshetni o‘ynayotgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida halokatli jarohat olgan, oradan hech qancha vaqt o‘tmay gadjet uning qo‘lida portlab ketgan”, deyiladi xabarda.

Yuqoridagi baxtsiz hodisa fonida mamlakat politsiyasi fuqarolarni zaryad olayotgan telefonlar yoki boshqa qurilmalardan foydalanmaslikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

planshet Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing