101, 102, 103 va 104 yagona qisqa raqamga o‘zgarishi mumkin

Jamiyat

image

Toshkent shahrida favqulodda vaziyatli holatlarda qo‘ng‘iroq qilinadigan yagona qisqa raqam tizimini yaratilishi mumkin. Bahodirov Nodir Bahodirovich ism-sharifli foydalanuvchi shu mazmundagi petitsiyani “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirdi.

Innovatsiyalar va AKT yo‘nalishidagi murojaatda qayd etilishicha, Toshkent shahri aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida “Aqlli shahar” (Umnыy gorod) konsepsiyasiga qo‘shimcha tarzda turli favqulodda vaziyatli xolatlarda qo‘ng‘iroq qilinadigan telefon raqamlarini (101, 102, 103, 104) yagona raqamga birlashtirish lozim. 

Unga ko‘ra, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi natijasida raqamlarda adashish yoki tegishli raqamni yoddan chiqarib bir necha tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilishi va vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda.

Yagona raqamga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uch tilda so‘zlay oladigan operator xizmatidan foydalanishni ta’minlab, operatorning fuqarodan avariya tafsilotlarini aniq o‘rganishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, buyurtma qabul qilish jarayonida qo‘ng‘iroq qiluvchining joyini tez aniqlashi avariya joyigacha bo‘lgan qisqa yo‘nalishni tanlashini ta’minlaydi. 

Fuqaro bilan suxbatlashgandan so‘ng operator o‘t o‘chirish xizmatiga, yong‘inda jabrlanuvchilar bo‘lsa, tez yordam xizmatiga o‘zi qo‘ng‘iroqni amalga oshiradi hamda o‘rganilgan marshrut va qolgan ma’lumotlarni taqdim qiladi. Shuningdek, operator ijrochini nazorat qiladi va hisobotini olib, monitoringini yuritishi ham mumkin.

Shu sababli, Toshkent shahar aholisi uchun favqulodda vaziyatli holatlarda qo‘ng‘iroq qilinadigan yagona qisqa raqam tizimini yaratishni taklif qilingan.

Murojaat ostida qoldirilgan izohlarda qisqa raqam Respublika miqyosida ishga tushirilishi lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek ITU standartlariga ko‘ra, favqulodda holatlar uchun yagona qisqa raqam “112” yoki “911” bo‘lishi kerakligi ham qayd etilgin.


Maqola muallifi

Teglar

petitsiya qisqa raqam

Baholaganlar

213

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing