Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

10 yashar o‘quvchiga tegajog‘lik qilgan muallimning ishi tergovga qaytarildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida 10 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani xabar qilingandi. Muallimga nisbatan sud qarori bekor qilinishi uchun prokuror protesti kiritildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bola huquqlari bo‘yicha vakil Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining joriy yil 3 martdagi qarorini bola huquqlari ta’minlanishi nuqtai nazaridan o‘rganib, sud qarori bolaning manfaatiga zidligi tufayli Toshkent shahar prokuraturasiga mazkur sud qarori ustidan apellyatsiya tartibida protest bildirishga oid iltimosnoma kiritgan.

Toshkent shahar prokuraturasining Bolalar ombudsmani iltimosnomasini ko‘rib chiqishi yuzasidan bildirishicha, birinchi instansiya sudining mazkur qarori ustidan apellyatsiya tartibida prokuror protesti kiritilgan. Natijada birinchi instansiya sudining o‘qituvchiga nisbatan qarori bekor qilinib, ish materiallari qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv yuritish uchun tuman prokuraturasiga qaytarilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur ishga olib kelgan voqea joriy yilning 16 fevral kuni soat 13:30 da Yakkasaroy tumanida joylashgan rassomchilik to‘garagi maktabida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi D.M. dars vaqtida 2015 yilda tug‘ilgan A.B.ning qaddi-qomatini tavsiflab, uning yelkalarini ushlab, uqalab, qo‘llarini ushlab, quchoqlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida 17 yoshli qizni mehmonxonaga olib borib, shahvoniy harakatlar sodir etgan va qizga yengil jarohat yetkazgan erkak qamalgandi


Maqola muallifi

Teglar

o'quvchi tergov apellyatsiya Bolalar ombudsmani shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing