Toshkentda o‘qituvchi 10 yashar o‘quvchisiga shahvoniy shilqimlik qildi
3-sahifa
−
04 mart 2025 11802 1 daqiqa
Toshkent shahrida 10 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. QALAMPIR.UZ sud hujjatini o‘rganib chiqdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning 16 fevral kuni soat 13:30 da Yakkasaroy tumanida joylashgan rassomchilik to‘garagi maktabida 2000 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi D.M. dars vaqtida 2015 yilda tug‘ilgan A.B.ning qaddi-qomatini tavsiflab, uning yelkalarini ushlab, uqalab, qo‘llarini ushlab, quchoqlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Kecha, 3 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida yuqoridagi ish ko‘rib chiqildi. Sud majlisida muallim aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi. Sud tomonidan D.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida 17 yoshli qizni mehmonxonaga olib borib, shahvoniy harakatlar sodir etgan va qizga yengil jarohat yetkazgan erkak qamalgandi.