10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan majmualar tugatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 sentyabr kuni “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilandiki, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tugatilishi hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar professional ta’lim tizimini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) ikki oy muddatda Milliy kvalifikatsiya tizimiga muvofiq Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqadi;

b) ilg‘or xorijiy tajribalar asosida:

•    uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida milliy kvalifikatsiya ramkasini;

•    2020 yil 1 yanvargacha iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun Kvalifikatsion ramkalarni;

•    2020 yil 1 aprelgacha Milliy professional standartlarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing