1 yil ichida mashinani mast holda boshqargan 30 mingdan ortiq haydovchi jazolandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024 yil davomida avtomobilni mast holda boshqargan 30 mingdan ortiq haydovchiga jarima va qamoq jazosi tayinlandi. Ularning ba’zilari mashina haydash huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, o‘tgan yili Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) va 136-moddasi (transport vositalari haydovchilarini va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarini mast holda tekshiruvdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash) bilan 32 999 nafar shaxsga nisbatan 32 723 ta ish ko‘rib chiqilgan.

Xususan, 31 351 nafar fuqaroga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish va ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq senatorlar Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik, ya’ni uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

avtomobil mast holda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing