1 mlrd so‘mga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan FVV xodimi qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati mas’ullari tomonidan Navoiy, Andijon va Samarqandda yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirgan. Ular ushbu xo‘jalikning 80 gektar yer maydonini xaridorga 1 milliard so‘mga sotishga kelishgan. Buning uchun oldindan 700 million so‘m olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, Andijon shahridagi qurilish firmasi rahbari shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini aytib, uni rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari olgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Bundan tashqari, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimining tegishli qarori bilan unga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun berilgan 35 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. Buning evaziga 45 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.

“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi DXX xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat xavfsizlik xizmati er maydonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing