Bosh prokuratura Davlatnazar Ro‘zmetovning fojiaviy vafoti bo‘yicha bayonot berdi
Jamiyat
−
07 noyabr 2019
10134Avvalroq, xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov kecha, 6 noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokutarusi jurnalistning vafoti bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
“2019 yil 06 noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. o‘zi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli bo‘lgan “Gazel” rusumli avtomashinani “Urganch-Xiva” yo‘lining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yo‘lni kesib o‘tayotgan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan.
Natijasida Davlatnazar Ro‘zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Davlatnazar Ro‘zmetov 1971 yil 24 aprel kuni tug‘ilgan, so‘nggi paytlarda “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasida muxbir bo‘lib ishlayotgan edi.
2018 yil 29 oktyabr kuni “Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan paytida hibsga olinib, Qo‘shko‘pir tumani ma’muriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
LiveBarchasi