Fuqaroning jarimanisini yopish evaziga pora talab qilgan “Energosavdo” muhandisi ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani yopib berish evaziga fuqarodan 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Energosavdo”ning Toyloq tuman bo‘limi muhandisi P. M. fuqaro M. E. ga qo‘llanilgan 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilib berish, shuningdek, yangi elektr hisoblagichni o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan.

Departamentning Toyloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda P. M. talab qilgan 500 AQSH dollarini fuqaro M. E. dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida fuqaroni 210 ming AQSH dollari evaziga Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing