1,1 kg oltin bo‘laklarini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
23 iyul 2022
8967Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida umumiy og‘irligi 1,1 kilogramm bo‘lgan oltin metall qotishmasini noqonuniy ravishda Toshkent shahriga olib ketayotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman hududidagi “Yuqori nuqta” YPX maskanida Hyundai Elantra rusumli avtobobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, haydovchi N.M. og‘irligi 1 kg 100 gramm bo‘lgan umumiy bahosi 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin metall qotishmalarini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oltin metall qotishmalari esa tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida olingan.
LiveBarchasi