Andijon hokimining 5-6 ayolni 15 sutkaga qamatgani haqidagi audioyozuvi tarqaldi
3-sahifa
−
13 noyabr 2020
19690Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli ekani aytilayotgan ovozli yozuv tarqalmoqda. Hokimbuva ushbu audioda jurnalistlar va murojaat bilan hokimlikka keladigan ayollar xususida gapirgan. U 5-6 nafar ayolni 15 sutkaga hibslatganini aytgan. Hokim audioda shunday deydi:
“O‘tgan kuni jurnalistlarni yig‘ib press-konferensiya qildim. 50 ta tashkilotni chaqirishibdi, men bilan savol-javob qilishga. Hammasini haydab yubordim. Ular hammasi meni topshirig‘imni bajargan. Nima savoling bo‘lsa, ber dedim. Ikki yarim soat gapirgandim, bittasiyam savol berolmadi. Iya, qiziq chiqmay qoladi bir-ikkita savol beringlar dedim. Ularni "qichiq" savol bergisi kelganda. Turib savolini boshida aytib qo‘ydim: meni eshitib olgin, Toshkentdanmi, qayerdan kelgan bo‘lsang ham . Men ishlaydigan hokimman. Men hammayog‘imni, sog‘ligimniyam "tikib"yuribman. Menga "qichiq"savol berma. Menga "normalniy" savol ber, “normalniy” gaplashamiz dedim. Agar qitig‘imga tegsang, men qo‘yvoraman, qattiqroq gapirvoraman, “normalniy” sog‘ odamga o‘xshab gaplash men bilan dedim.
Baribir jurnalistlarniki qo‘zib turadi-ku, aylantirib kelgandi bitta-ikkitasi, tarsillatib urib qo‘yganimdan keyin, hech narsa deyolmasdan uyoqqa borib boshqa familiya bilan boshqa narsa deb berib yuboribdi. Ey erkakmisan "hezalak"? O‘zingni nomingdan yoz! Menga "Hasanboy" kelib gaplashyapti, uyoqqa borib "Husanboy" deb chiqaryapti.
Charchab chiqsam qabulimda 5-6 ta odam qabulimda turgan. Qabul qilmayman dedim. Rocsa shalaqilik qildi. Mana hozir shunaqa “milenkiy” o‘tiribdi, angramasdan.
Kechagina Marhamatdagi yig‘ilishdan chiqsam, tashqarida bittasi baqirib yotibdi. Chiqsam beshta shallaqi. Ikkitasi nogiron 3 tasi "anaqa". Nogironga tegmadim qolganini 15 sutkaga "tiqib" qo‘ydim. Mana Marhamatdagilar shunaqa jim-jim bo‘lib qoldi. 5-6 ta xotin dastidan Marhamatga kelgani yuragim bezillar edi. Og‘ziga erk bergandi shart hujjatini to‘g‘irlab, 15 sutkaga "tiqib" qo‘ydim. Viloyat hokimiga Prezident vakiliga "sassiq" gapirgani uchun. Davlat bor, Xudoga shukur”.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimasi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni haqorati aks etgan audio tarqalgan edi.