Surxondaryoda yana bir odam YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
11 may 2020
10785Joriy yilning 8 may kuni soat 13:00 larda, Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Oltinsoy-Sho‘rchi” yo‘nalishidagi 4K-592 avtomobil yo‘lining 8 km.da bir kishining o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB ma’lum qildi.
Haydovchi 1998 yil tug‘ilgan O‘.Q. Nexia rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga borib urilgan.
Natijada, Nexia rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1990 yil tug‘ilgan A.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda “KamAZ” rususmli yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida YTH uchragani va halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi