Taxiatosh IESda bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi
Jamiyat
−
04 aprel 2020 6189 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash maqsadida bugun, 3 aprel kuni Taxiatosh IESda 280 MVt quvvatdagi dastlabki bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu yirik investitsion loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi Taxiatosh IESda 230-280 MVt quvvatga ega ikkita gaz-bug‘ qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

Loyiha zamonaviy texnologiyalar asosida Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Taxiatosh IESda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy quvvati 560 MVt bo‘lib, iyul oyida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel