Karantinda bolalar bog‘chaga kelmagan davri to‘lovi qayta hisoblanadi

Jamiyat

image
Bog‘chada karantin bo‘lganda ota-ona ishdan ozod qilinadimi? north_east

Bog‘chada karantin bo‘lganda ota-ona ishdan ozod qilinadimi?

Avvalroq, 16 martdan e’tiboran barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari karantin maqsadida yopilishini xabar qilgandik. 

Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar yopilgan davr uchun bolalarning bog‘chaga kelmagan davri to‘lovi qayta hisob-kitob qilinishini nazorat qilishini bildirdi.

“Sizlardan vahimaga tushmaslikni iltimos qilib qolamiz — ushbu choralar mutlaqo profilaktik mohiyatga ega va mamlakatimiz aholisining salomatlik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Sizlarga quyidagi ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilishni qat’iy tavsiya qilib qolamiz:

— odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga bormaslik yoki imkon qadar kamaytirish (ommaviy tadbirlar, yirik bozorlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari);

— niqoblar taqish;

— O‘RVI alomatlari mavjud bo‘lgan insonlar bilan muomala qilmaslik;

— Uyga har safar qaytganingizda va jamoat joylari, transportlarda har qanday yuza qismlarni ushlaganda qo‘lingizni sovun bilan yaxshilab yuving yoki bakteriyalarga qarshi va antiseptik vositalardan foydalaning;

— insonlar bilan jismoniy o‘zaro muomalani — qo‘l berib ko‘rishish, quchoqlashish va boshqalarni tark eting;

— gadjetlar va orgtexnikalarni doimiy ravishda dezinfeksiyalang;

— faqat o‘z shaxsiy gigiyena vositangizdan foydalaning”, deya ogohlantirgan MTV.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan. Undan so‘ng yana uch kishida koronavirus aniqlandi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 169 605 kishi koronavirusga chalingan, ularning 6518 nafari vafot etgan, 77 772 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha koronavirus

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing