Bog‘chada karantin bo‘lganda ota-ona ishdan ozod qilinadimi?
Bu qiziq
−
16 mart 2020
15692Bugun, 16 martdan O‘zbekistondagi bog‘chalarda ikki haftalik karantin e’lon qilindi. Natijada bog‘chalarda tarbiyalanuvchi bolalar ta’tilga chiqdi. Ho‘sh bunday vaziyatda bolaga qarash uchun ota-onalarga qanday imtiyozlar beriladi? Adliya vazirligi shu masalaga aniqlik kiritdi.
Qonunchilikka ko‘ra, bog‘chada yoki 6 yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan. Undan so‘ng yana uch kishida koronavirus aniqlandi.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 169 605 kishi koronavirusga chalingan, ularning 6518 nafari vafot etgan, 77 772 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi