FVV haydovchilarni ogohlantiryapti
Jamiyat
−
06 dekabr 2019 9189 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” dovonida harakatlanuvchi avtomobillar haydovchilariga murojaat bilan chiqdi.
Unda qayd etilishicha, Gidrometeorologiya xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 6 dekabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi, shamol tezligi sekundiga 5-10 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr