Sobiq Prezident tarafdori qamoqdan ozod qilindi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning tarafdori bo‘lgan Olg‘a Qilichev uy qamog‘ida ozod etildi. Bu haqda Kaktus media Pervomayskiy okrug sudining matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Oldin u tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan, shu sababli tergovchilar uning uy qamog‘iga olish uchun ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risida iltimos qilgan.

Sudning ta’kidlashicha, Qilichev ikki hafta oldin hibsdan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8 avgust kuni Qo‘y-Toshda MXDQ maxsus kuchlari navbatdagi hujum paytida sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni hibsga olgan.

Uning tarafdorlari Bishkek markazida miting va tartibsizliklarni uyushtirishga uringan. Ammo huquqni muhofaza qilish idoralari vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘ldi.

9 avgust kuni sobiq Prezidentga Batukayevni ozod qilishda ayblov qo‘yilib, ikki oy davomida Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonasida qoldirilgan. 7-9 avgust kunlari 136 kishi tibbiy yordamga murojaat qildi.

Ulardan biri, "Alfa" xodimi Usen Niyazbekov vafot etdi. Chuy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Samat Qurmanqulov komada bo‘lib, Moskvaga olib ketilgan. Ushbu faktlar Jinoyatlar va huquqbuzarliklarning yagona reyestrida Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Qotillik", "Qasddan o‘ldirish", "Garovga olish", "Ommaviy tartibsizliklar", "Bezorilik" va "Hukumat vakiliga tahdid yoki zo‘ravonlik" moddalari bo‘yicha qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev Olg'a Qilichev uy qamog'idan

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing