Oshayotgan maoshlar, so‘zida turgan Turkiya, MAKning Umarovaga javobi va boshqa muhim xabarlar
Jamiyat
−
12 iyul 2019
7469Bugun, 12 iyul kuni muhokamada bo‘lgan mavzular tafsiloti.
Jamiyat
Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi – Prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 iyul kuni "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Turdimov nega Samarqand viloyati hokimiyatidagilarni ishdan oldi?
Samarqand viloyati hokimligida madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonun talablariga rioya etish, ko‘p yillik daraxtlarni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi.
OTM rektorlarini tayinlash tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq OTM rektorlari, kollej, akademik litseylar direktoralri va ularning o‘rinbosarlarini tayinlash tartibi o‘zgardi.
Oliy ta’lim vazirligi xodimlarining maoshi oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofmq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 avgustdan boshlab quyidagilarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Usmonxon Alimov oilasida og‘ir judolik
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning oilasi og‘ir judolikka uchradi. Kecha, 11 iyul kuni Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov vafot etgan.
O‘zbekistonda jadidlar haqida ilk film suratga olinyapti
O‘zbekistonda jadidlar hayotiga bag‘ishlangan ilk film suratga olinmoqda. Bu haqda film ijodkorlari bilan suhbatda bo‘lgan QALAMPIR.UZ ijodiy prodyuseri Feruza Najmiddinova ma’lum qildi.
Rejissyor Muzaffar Erkinov tomonidan suratga olinayotgan film o‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy hayotining Afg‘onistonga elchi bo‘lib borgan davrlaridan hikoya qiladi.
Sirdaryoda avtobus ag‘darilishiga Spark sababchi bo‘lgan
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani M-34 trassa yo‘lida avtobus ag‘darilib ketishi natijasida 16 kishi turli darajada jarohat olgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 11 iyul kuni soat 11:00 larda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi “G.K.T.S.” MCHJ haydovchisi 51 yoshli A.A. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusni Yangihayot MFY hududidan o‘tuvchi “Dushanbe-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan. Avtobusda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 15 nafari ayol, 3 nafari erkak kishi, 2 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etgan. Haydovchi avtobusni qizil rangli Spark rusumli avtomashinasi siqib ketganligi tufayli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligini bildirgan.
Farg‘onada zo‘raki monopolistning tanobi tortildi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tadbirkorga o‘z xizmatini majburan o‘tkazayotgan monopolist tashkilot harakatlari ustidan tekshiruv o‘tkazdi. Natijada iste’molchining mazkur xizmatga ehtiyoji va arizasi mavjud bo‘lmasada, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK tomonidan asosiy ortish va tushirish uchun vagonlarni taqdim etish xizmati bilan birga bo‘rda belgi qo‘yish xizmati ko‘rsatib kelinayotgani aniqlandi.
IIVda bosh boshqarma boshlig‘i o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy apparati va hududiy tizimlarida navbatdagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
O‘zbekistonda havo harorati 60 darajadan oshdimi?
O‘zbekistonda yozning chillasi keldi deguncha, odamlar orasida "harorat pasaytirib aytilyapti", degan gaplar quloqqa chalinadi. Haqiqatdan ham harorat pasaytirib aytiladimi, yoki uydagi simobli harorat o‘lchagich va mutaxassislarning harorat o‘lchagichi o‘rtasida farqlar bormi? Bu savolga Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi javob berdi.
Po‘stagi qoqilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Aziza Umarovaga javob berdi
Bir necha kun avval “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga nisbatan tanqidlar yana avjiga chiqqani, Smartgov Consulting byurosi ijrochi direktori, jamoatchilikka ijtimoiy tarmoqlardagi postlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan tadbirkor Aziza Umarova ham Facebook’dagi sahifasida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “po‘stagini qoqqani” haqida xabar bergan edik.
Bu tanqidga javoban “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi maxsus bayonot bilan chiqdi.
1 avgustdan ish haqi, pensiya va stipendiya oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining"Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10 foiz) baravar oshirildi.
Olam
Zelenskiyning ofisida tintuv o‘tkazildi
Ukraina Davlat tergov byurosi mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisida tintuv o‘tkazdi. Tergovchilar Pyotr Poroshenko Prezdentligida majlislar bayonnomasining yuritilishi bilan qiziqib, ularning maxfiylik darajasini ta’minlashga mas’ul bo‘lganlarni so‘roq qilgan. Xususan, harbiy operatsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq majlislarga alohida etibor berilyapti.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida janjal chiqdi
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro kelib chiqdi. Voqea joriy yilning 11 iyul kuni ro‘y bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mojaro aks etgan videolar ham tarqalgan.
Prezident o‘g‘liga yuqori lavozimni taklif qildi
Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru mamlakatning AQSHdagi elchisi lavozimini o‘g‘liga taklif qildi. 35 yoshli Eduardo Bolsonaru hozirda Braziliya parlamenti a’zosi va xalqaro masalalar bo‘yicha otasining maslahatchisi hisoblanadi. U jurnalistlarga unga rasmiy taklif bildirilsa, bu lavozimni egallashini ma’lum qilgan. Agar shunday bo‘lsa, u kongressmen kursisidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Patriot`inga ham, samolyotinga ham... Turkiya baribir S-400 ni sotib oldi
Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmuasi qismlarining ilk partiyasini yetkazib berdi. Turkiya va Rossiya o‘rtasida kelishuv 2017 yilda imzolangandi. Unga ko‘ra, RF 2,5 mlrd dollar evaziga to‘rtta S-400 ZRM diviziyasini yetkazib berishi kerak edi.
Sport
“Barsa”dan “Real”ga javob: Grizmann rasman Kataloniyada
Kataloniyaning “Barselona” klubi rasman “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olganligini e’lon qildi. Bugun, 12 iyul kuni “Kamp Nou” stadionida futbolchining rasmiy tanishtiruv marosimi o‘tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Grizmann “ko‘k-anorranlilar” safiga 120 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Klub rahbariyati futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Shartnomaga ko‘ra, futbolchining tovon puli 800 mln yevro etib belgilangan.
Yer yuzidagi eng baland futbolchi faoliyatini yakunladi
Yer yuzidagi eng bo‘yi uzun futbolchi o‘z faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 38 yoshigacha Angliya Premer ligasida faoliyat olib borgan Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauch keyingi mavsumda boshqa futbol o‘ynamoqchi emas.
Ravshan Ermatov amaldagi jahon chempionlari bilan uchrashdi
Joriy yilning 12-15 iyul kunlari Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning "C" guruhidan o‘rin olgan va guruhda Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarus terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
LiveBarchasi