103 haydovchilari IIBga olib ketilgani rost. Rasmiy munosabat berildi

Jamiyat

image

Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima bayonnomalarini olayotgani haqida videomurojaat bilan chiqqan 9 nafar tez yordam haydovchilari va Maxsuslashtirilgan avtokorxona (103 avtomobillari garaji)ning 3 nafari xodimi Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgani, haydovchilarning 8 nafari qo‘yib yuborilib, murojaatni video tasvirga olgan Miraziz Samigov Uchtepa tuman IIBda olib qolingani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIB holatga izoh berib, Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

“Tez tibbiy yordam xizmati haydovchilari tomonidan chiqarilgan videomurojaat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv jarayonida har bir ishtirokchidan tushuntirish xatlari olingan, ularning vajlari to‘liq tekshirilib, holat har taraflama o‘rganiladi. Tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi Poytaxt IIBB xabarida.

QALAMPIR.UZ’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2 nafar (kimligi ochiqlanmagan) shaxsning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasida nazarga tutilgan (Yolg‘on axborot tarqatish) huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda va sudga taqdim etiladi.

Tez tibbiy yordam haydovchisining ma’lum qilishicha, murojaatni tasvirga olgan Miraziz Samigov kecha, 10 yanvar kuni QALAMPIR.UZ’da “Ichki ishlar muammo emas, uni aytganlar ketiga tushdi. 103 haydovchilari Uchtepa IIBga olib ketildi” nomli maqola e’lon qilingandan keyin qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIB tez yordam 103

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing