Navoiyda tergovchi 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
14:32 2046 1 daqiqa
Navoiy viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib pora olishda gumon qilinayotgan tuman IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravishda boylik orttirmoqchi bo‘lgan Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisining qilmishlari fosh etilgan.
Xususan, joriy yilning 1 iyul kuni Ichki ishlar organlari tomonidan telefoni xotirasida taqiqlangan diniy materiallar mavjud bo‘lishi ehtimoli bilan 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroning olib qo‘yilgan iPhone 17 Pro Max rusumli telefon apparatini qaytarib berish evaziga o‘zining 2 nafar vositachisi orqali 1000 AQSH dollari olgan vaqtida tergovchining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilarining fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirishi bilan bog‘liq holatlar fosh etilgan edi.
Live
Barchasi