Baydenning vakili Dohada “Tolibon” bilan uchrashdi

Olam

image

AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest boshchiligidagi delegatsiya Qatarda “Tolibon” harakati rahbariyati bilan uchrashdi. 

Davlat departamenti matbuot xizmatining bildirishicha, Uest delegatsiyasi tarkibida Davlat departamenti, Moliya vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bor. 

Amerika delegatsiyasining “Tolibon” vakillari bilan uchrashuvi 29-30 iyun kunlari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi. 

"AQSH delegatsiyasi Afg‘onistondagi yaqinda sodir bo‘lgan zilzilalar natijasida qurbon bo‘lgan va ko‘rilgan zararlar uchun hamdardlik bildirdi, shuningdek, insonparvarlik yordami, jumladan, USAID tomonidan zilzila qurbonlari uchun yangi 55 million dollarlik yordam ko‘rsatishga va’da berdi", deyiladi xabarda. 
 
Vazirlikning eslatishicha, 2021 yil avgustidan beri Qo‘shma Shtatlar afg‘onlarga 774 million dollardan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatgan. 

Uchrashuvda Amerika tomoni “Tolibon” harakatining insonparvarlik yordami tarqatilishiga aralashuvi kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi. 

AQSH Afg‘onistondagi “Tolibon” ma’muriyati xalqaro moliyaviy tuzilmalar oldidagi qarzlarning bir qismini to‘laganidan mamnun.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing