Norvegiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Norvegiya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni Qirollik Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan. 

“Biz bu davlat hukumati va uning rahbariyatiga bosim o‘tkazish uchun Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashini qo‘llab-quvvatlaymiz. Endi biz Rossiyadan Norvegiyaga dengiz yo‘llari orqali neft olib kirishni taqiqlaymiz”, deyiladi Qirollik Tashqi ishlar vaziri Anniken Huitfeldt bayonotida. 

Qayd etilishicha, Rossiyadan neft xomashyosi va neft mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash darhol kuchga kiradi, ammo farmoyishda neft xomashyosi yetkazib berish uchun 2022 yil 5 dekabrgacha, neft mahsulotlari uchun esa 2023 yil 5 fevralgacha o‘tish davri ko‘zda tutilgan.  

Norvegiya, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining 65 fuqarosi va 18 Rossiya tashkilotiga qarshi sanksiyalar kiritadi. 

“Rossiya va Norvegiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi ahamiyatsiz bo‘lishiga qaramay, Norvegiyaning ayrim korxonalari va ularning xodimlari Rossiyaga qarshi sanksiyalardan sezilarli darajada ta’sirlanadi”, deya ogohlantiradi Qirollik TIV.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 iyun kuni YeI Kengashi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini, jumladan, Rossiyadan dengiz orqali neft mahsulotlarini yetkazib berishga qoldirilgan embargoni qabul qildi. Oltinchi paket bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi muhokama deyarli bir oy davom etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Norvegiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing