O‘zDJTUda talaba o‘z joniga qasd qildi...mi? Dastlabki tafsilotlar

Jamiyat

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba o‘zini o‘quv binosining to‘rtinchi qavatidan tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. QALAMPIR.UZ tezkor jamoasi voqea joyiga yetib bordi.

Ma’lumotlarga qaraganda, talaba bugun, 29 aprel kuni soat 08:10 larda Uchtepa tumanida joylashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosining 4-qavatidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan. Yigit 2-kurs Ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olgan. O‘qituvchilarning aytishiga qaraganda, u yaxshi xulqli a’lo baholarga o‘qigan talaba bo‘lgan.

Universitet hududidaga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari rasmiy ma’lumot berishni istashmadi. Talabalar orasida ham vafot etgan yigitni taniydiganlar uchramadi.

“Rasmiy munosabatda aytilganidek, talaba o‘z joniga qasd qilib ertalab 8:10 lar atrofida o‘zini 4 qavat oynasidan tashlab, vafot etgan. Uni ichkaridan hech kim itarib yubormagan. Yigit auditoriyada yolg‘iz bo‘lgan. Xonadagi kuzatuv kameralaridan ko‘rish mumkinki, u o‘zini tashlashga uringan, orqaga qaytgan oxir oqibat o‘zini tashlagan. Video yozuvlar va talabaning telefoni ichki ishlar xodimlariga taqdim etildi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni tergov harakatlari davomida taqdim etamiz. Talaba viloyatdan bo‘lgani tufayli uning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, farzandini tobi yo‘qligini aytdik. Ular Toshkentga kelishyapti. Ota-onasining ruhiy holatini joyga qo‘yib, undan keyin vafot etgani haqida aytamiz. Hozir talabaning do‘stlari, kursdoshlari tergovga talaba haqida ma’lumot berishyapti”, deydi O‘zDJTU yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sohib Egamov.

Hozirda sodir etilgan hodisaning sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

talaba O'zDJTU joniga qasd qilgan

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing