BP Jahon tillari universitetining joniga qasd qilgan talabasi haqida ma’lumot berdi
3-sahifa
−
29 aprel 2022
30970Avvalroq O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba o‘zini o‘quv binosining yuqori qavatidan tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 29 aprel kuni soat 08:10 larda Uchtepa tumanida joylashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ma’muriy binosini 4-qavatidan Namangan viloyatida 2001 yilda tug‘ilgan 2-kurs talabasi (erkak) o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi