2022 yilda sport sohasi uchun qancha pul sarflanishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
05 yanvar 2022
38482022 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Turizm va sport vazirligiga 1 715 025 000 000 (1 trillion 715 millard 25 million) so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
Ushbu summaning 6,2 milliardi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, 135 milliardi Milliy olimpiya qo‘mitasiga, 30 milliard 869 millioni Milliy paralimpiya qo‘mitasi uchun ajratiladi.
Qonunda belgilab qo‘yilishicha, qolgan pullar turizm sohasini rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi harajatlar va loyihalar uchun sarflanishi belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qonunning 10-moddasi O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash haqida bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi urg‘ulangani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yil O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi, miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda.
LiveBarchasi