Rasman: O‘zbekiston 2022 yilda qancha qarz olishi belgilandi
Jamiyat
−
04 yanvar 2022
12567O‘zbekistonning 2022 yilda oladigan davlat qarzi miqdori belgilandi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunida so‘z boradi.
Qonunning 10-moddasi aynan O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash haqida bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerakligi urg‘ulanadi.
Qonunda 2022 yil yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 milliard AQSH dollari etib belgilangan. Shundan 2,5 milliard AQSH dollari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun, 2,0 milliard AQSH dollari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun belgilanmoqda.
Bundan tashqari, qonun bilan 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 6,0 trln so‘m miqdorida belgilangan. Bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari cheklangan sof hajmga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yil O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda, O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i yil boshidan 2,1 mlrd dollarga, joriy yilning III choragida esa 1,1 mlrd dollarga oshib, 1 oktyabr holatiga 25,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi, miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda.
LiveBarchasi