II xodimlari do‘konlari “snos”ga tushgan fuqaroga kuch ishlatdi. IIV holatga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, QALAMPIR.UZ'da “Yunusobodning yangi hokimi ishni “snos”dan boshladi...mi?” nomli jurnalistik surishtiruv e’lon qilingandi. Kecha, 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar xodimlari Yunusobod tumani 6-mavze Moyqo‘rg‘on ko‘chasi 6-uy yonida joylashgan do‘konlar egasi Ashraf Najmitdinovni kuch ishlatib, prokuratura binosiga olib kirishga urinayotgani, bunga esa Najmiddinov va uning qarindoshlari qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov QALAMPIR.UZ’ga izoh berdi.

“Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (qaysi modda bilan ish ochilgani haqida Toshkent shahar prokuraturasi aniqlik kiritadi). Yunusobod tumani 6-mavzeda faoliyat olib borgan fuqaro Ashraf Najmiddinovni guvoh sifatida prokuraturaga taklif qilishgan. U borib guvohlik berishdan bosh tortgan, shu sababli tergovchi fuqaroni majburiy olib borish to‘g‘risida qaror chiqargan. Ichki ishlar xodimlari fuqaroni prokuraturaga olib borish vaqtida ularga fuqaroning yaqin qarindoshlari xalal bergan. Xodimlar qonuniy talab bajarilishi kerakligi haqida har qancha tushuntirishmasin, keskin qarshilk qilib, voqea joyiga blogerlarni chaqirishgan”, deydi G‘iyosov.

Vazirlik Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik va unga qarshilik ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 194 va 195-moddalari bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

QALAMPIR.UZ holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasidan ham izoh oladi.

Yunusoboddagi “snos” ishi

2018 yilning 24 avgust kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov tumanning Moyqo‘rg‘on ko‘chasi 6-uy oldida Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida 0,20 gektarli (chegara rejasiga asosan) “ASIA GAMMA LINE” MCHJga bolalar bog‘i tashkil qilish va uning tarkibida yengil turdagi oynavand ko‘rinishdagi savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va xizmat ko‘rsatish maskanlarini o‘rnatishga ruxsat berish haqidagi qarorni imzolagani, tadbirkorlar esa shu qaror asosida qurilish ishlarini olib borgani, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari allaqachon ish boshlab, oradan vaqt o‘tgach, joriy yilning 25 yanvar kuni inshootlarni buzishga kirishilgani, “snos” jarayonida prokuratura, hokimlik vakillari tomonidan hech qanday ogohlantirish xati yoki sud qarori taqdim etilmagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev masalaga munosabat bildirib, qonunchilikka ko‘ra, noqonuniy bino va inshootlar qanday tartib buzilishi kerakligini tushuntirgandi hamda Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligidan “snos”ga bosh-qosh bo‘lgan xodimlariga nisbatan chora ko‘rishni talab qilgandi. 

Yunusobod tumani 6-mavzeda bo‘lgan "snos"dan aziyat chekkan tadbirkorlar faryodi va hokimlik vakilining izohini QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanali, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev prokuratura snos Yunusobod tumani 6-mavze

Baholaganlar

421

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing