O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara demarkatsiyasini muhokama qildi

Jamiyat

image

Kecha, 28 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining 83-yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 24–28 may kunlari tomonlar davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlarni muhokama qilish va tayyorlashni davom ettirdi. Navbatdagi uchrashuv Qozog‘istonda iyun oyida o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ham muhokama qilingan.

Joriy yilning 10–14 may kunlari Nur-Sulton shahrida o‘tgan yig‘ilishda tomonlar Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga tutash Sirdaryo va Jizzax viloyatlari doirasida davlat chegarasining bir qismini demarkatsiya qilish uchun yakuniy hujjatlar loyihasini tayyorlashni davom ettirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududiga biriktirilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bog‘is va Xiyobon qishloqlari ilgari O‘zbekiston hududi hisoblangan. Biroq 2002 yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari ikki o‘rtada qozoq-o‘zbek chegarasi to‘g‘risida bitim imzolagandan so‘ng, yuqoridagi ikki qishloq Qozog‘iston tarkibiga o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing