Jeenbekov va Otunbayevani eks-Prezident unvonidan mahrum qilish harakati boshlandi
Olam
−
06 fevral 2021
13400Qirg‘izistonning sobiq rahbarlari Sooronbay Jeenbekov va Roza Otanbayevani sobiq Prezident unvonidan mahrum qilish talab etilyapti. 1 fevraldan mamlakat bo‘ylab fuqarolarning imzosini yig‘ish boshlangan. Xalq tashabbusi haqida bloger Chingiz Kaparov ma’lum qilgan.
“Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan barcha qirg‘izistonliklarni birgalikda ishlashga chorlaymiz. Agar Qirg‘izistondan tashqarida muhojirlar, shuningdek, mamlakat ichkarisida yordam berishni istagan chekka hududlarning aholisi bo‘lsa, ulaga elektron imzo varaqasi ham beriladi”, degan bloger sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, imzolarni yig‘ish juma va shanba kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha “Ala-Too” maydonidagi “Ilbirs” binosida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda beshta sobiq prezidentdan faqat ikkitasi – Sooronbay Jeenbekov va Roza Otunbayeva “eks” unvoniga ega. Qonunga ko‘ra, ularga umrbod daxlsizlik huquqidan bepul tibbiy yordamgacha katta imtiyozlar berilgan. Shuningdek, katta miqdorda – 100 ming som pensiya ham tayinlangan. Ular pensiya yoshiga yetgach, amaldagi Prezident maoshining 75 foizi miqdorida moddiy yordam oladi.
Roza Otunbayeva 2010 yil may oyida Muvaqqat hukumatning maxsus farmoni bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti deb e’lon qilingan. U ushbu lavozimda Almazbek Atamboyev 2011 yil 1 dekabrda ish boshlagunga qadar ishlagan.
Sooronbay Jeenbekov – Atamboyevning vorisi. U 2017 yil 24 noyabrdan 2020 yil 15 oktyabrgacha davlat rahbari sifatida ishlagan. 5-6 oktyabr kunlari sodir bo‘lgan tartibsizliklar tufayli iste’foga chiqqan.
Jeenbekovni boshqa muammolar ham tinch qo‘ymayapti. 5 oktyabr kuni uyushtirilgan namoyishlarni tarqatish vaqtida jabrlanganlar sobiq Prezidentni jazolashni talab qilyapti.
Shuningdek, sud uni sobiq vazir o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliyevning bankdagi seyfidan 1 mln dollar topilgani bo‘yicha ochilgan ochilgan jinoiy ishi doirasida eshituvga chaqirgan. Ammo sobiq Prezident sud chaqirig‘iga qaramay, oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ketdi.
LiveBarchasi