IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Podpolkovnik Shaxanov Beknazar Habibnazarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Beknazar Shaxanov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Chimboy tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Utambetov Sabit Abdijamilovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Chimboy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Sabit Utambetov bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Xasanov Akil Axatovich Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Akil Xasanov tayinlovga qadar Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sharipov Shohruh Shodiyevich Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Shoxruh Sharipov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Qayumov Zohidjon Jumaboyevich Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Zoxidjon Kayumov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati IIB Guliston shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mavlonov Umidjon Esonqulovich Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Umidjon Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV IIB lavozim

Baholaganlar

207

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing